YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / 9-may — Xotira va qadrlash kuni

9-may — Xotira va qadrlash kuni

9-may — Xotira va qadrlash kuni  mardlik va sadoqat ramzi sifatida har yili yurtimizda yuksak ehtirom bilan nishonlanadigan muhim sana. Bu kun, xalqimizning birligi, jasorati va ajdodlarimizning bebaho xizmatlarini ulug‘lash, ularning xotirasini yodga olish va bugungi tinch, farovon hayotimizni qadrlash ramzi bo‘lib, alohida ahamiyatga ega.

Xotira va qadrlash kuni – Vatan ravnaqi, tinchlik va osoyishtalik yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning mardlik, fidoyilik va jasorat timsoliga aylangan hayoti va faoliyatini yosh avlodga ibrat sifatida yetkazish imkoniyatidir.

Siz azizlarga ushbu muqaddas sana munosabati bilan chin qalbimdan sihat-salomatlik, tinchlik va farovonlik tilayman. Vatanimizning taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirayotgan barcha ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab, xonadonlaringizga fayz-baraka bo‘lishini tilayman.

Xotira abadiy, qadriyatlar muqaddas!

Hurmat bilan,

Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar  boshqarma boshligʻi N.Kulbekova