YANGILIKLAR

Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Rajabov Sardor Baxtiyorovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Sardor Rajabov mehnat faoliyati davomida Davlat test markazi boshqarma boshligʻi, markaz direktori oʻrinbosari, shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti” rahbari lavozimlarida ishlagan.