Agrar universitetida Xitoy tili markazi faoliyati kengaymoqda
Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy tili markazi faoliyati kengaymoqda. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Yu Jun boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi.
Elchi markazda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashib, ularga zamonaviy o‘quv qo‘llanmalarini sovg‘a qildi. Bugunga qadar 60 dan ortiq talaba Xitoy tili kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Yangi kurslar 15-sentabrdan boshlanadi va darslarni Xitoydan jalb etilgan 3 nafar malakali o‘qituvchi olib boradi.
Toshkent viloyati OTFIB 


