Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish va raqamlashtirish maqsadida yangi platforma ishlab chiqildi.
my.bimm.uz (https://my.bimm.uz/) – masofaviy malaka oshirish kurslari va elektron portfolio tizimlari negizida yaratilgan yagona raqamli ekotizim bo‘lib, hozirda sinov rejimida ishlamoqda.
Yangi platformada xafvsizlikni oshirish va imkoniyatlarni yanada kengaytirish maqsadida OneID (https://id.egov.uz/oz) — Yagona identifikatsiya tizimi hamda HEMIS (https://hemis.uz/) — Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi bilan o‘zaro integrasiya qilindi.
Platformadan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma (https://www.youtube.com/playlist?list=PLkaTeZNg9QNaYE_ipfpGq64LYMKVS6lPM)
Ushbu videoqo‘llanma orqali siz:
Platformaga qanday kirishni;
Shaxsiy kabinetdan foydalanish tartibini;
Elektron portfolioni yuritish imkoniyatlarini; bosqichma-bosqich o‘rganishingiz mumkin.
Toshkent viloyati OTFIB 