Ta’lim sohasi fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi
Bugun, 11-sentabr kuni yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (https://president.uz/uz/lists/view/8478)imzolandi. (https://president.uz/uz/lists/view/8478) Unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. (https://president.uz/uz/lists/view/8478)
Ular orasida oliy, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor.
Jumladan:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abdullayev Mahmudjon Muhamedovich — Toshkent davlat texnika universiteti Mexatronika va robototexnika kafedrasi professori;
Suvanov Omon — Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Abdullayev Shavkat Vohidovich — Namangan davlat universiteti Kimyo kafedrasi professori;
Kasimov Fayzulla Muhamadovich — Buxoro davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori;
Umaraliyeva Mamuraxon Toshxo‘jayevna — Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi.
“Do‘stlik” ordeni bilan
Abdushukurov Anvar Kabirovich — O‘zbekiston Milliy universiteti Organik va neft-gaz kimyo kafedrasi professori;
Sultonova Shahida Yo‘ldoshevna — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi ijrochi direktori;
Shamusarov Sharustam Giyazovich — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi professori.
“Shuhrat” medali bilan
Amanov Baxtiyor Xushbakovich — Chirchiq davlat pedagogika universiteti genetika va evolyutsion biologiya kafedrasi mudiri;
Nasirova Shaira Narmuradovna — Navoiy davlat universiteti raqamli texnologiyalar kafedrasi professori;
Tilayev Alisher Hasanovich — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining “International House – Tashkent” akademik litseyi direktori;
Hamidov Hayrullo Ismoilovich — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti metallurgiya kafedrasi professori;
Yavidov Bahram Yangiboyevich — Nukus davlat pedagogika instituti fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori.
Toshkent viloyati OTFIB 