YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Yangi o‘quv yili boshlanishi munocabati bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlariga seminar-trening o‘tkazildi

Yangi o‘quv yili boshlanishi munocabati bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlariga seminar-trening o‘tkazildi

Toshken viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan yangi o‘quv yili boshlanishi munocabati bilan joriy yilning 9-sentyabr kuni  O‘rtachirchiq tuman 1-son politexnikumida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga kredit-modul tizimi hamda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarni Toshken viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Ta`lim jarayonini tashkil etish sho`basi mudiri S.Xamrakulova olib bordi. S.Xamrakulova seminar ishtirokchilarni  yangi o‘quv yilida dolzarb bo`lgan vazifalari va ish faoliyatini baholash asosiy indikatorlari bilan tanishtirdi.

Toshken viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi L.Gafarova ta`lim jarayonida  foydalanish muhim bo`lgan  electron platformalarini taqdimotini o`tkazdi va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish mazmun mohiyatini tushuntirdi.

Olmaliq arxitektura va kommunal xo`laligi texnikumi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Turaxonov “Kredit-modul tizimi joriy etish“ mavzusida taqdimot o`tkazdi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarni savollariga javoblar berildi.