Bugun Oqqo’rg’on tuman 1-son va 2-son politexnikumlari o‘rtasida voleybol hamda tennis bo‘yicha qiziqarli musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Tennis bo‘yicha kechgan bahs nihoyatda qizg‘in va keskin bo‘ldi. Yakunda esa “2-son politexnikum o‘yinchisi g‘alabaga erishib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi”. Bu yutuq uning tayyorgarligi va mahoratining yorqin isboti bo‘ldi.
Voleybol uchrashuvlari ham yuqori ruhda o‘tdi. Oqqo’rg’on tuman 2-son politexnikum jamoasi maydonga g‘ayrat va ishtiyoq bilan tushdi, sport ruhini namoyish etdi va kurashishning o‘zi ham qadrli ekanini ko‘rsatdi.

Musobaqalar do‘stona muhitda yakunlandi, barcha sportchilar esa chinakam hamjihatlik va sportga bo‘lgan mehrni namoyon etdilar .
“Sport bu — sog‘liq manbai, do‘stlik kaliti, birdamlik timsoli va insonni doimo oldinga chorlovchi buyuk kuchdir.”
Toshkent viloyati OTFIB 

