
O‘zDJTSU talabasi Temurbek Giyazov Jahon chempionati g‘olibi! (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy/31327)
Hindistonning Nyu-Deli shahrida para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati o‘zining yakuniy pallasiga kirdi.
Ma’lumot uchun, Temurbek Giyazov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adabtiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi magistranti hisoblanadi.
Musobaqada erkaklar o‘rtasida T64 klassida tashkil etilgan balandlikka sakrash bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Temurbek Giyazov ham ishtirok etib, 2.03 m natija qayd etdi. Bu orqali 29 yoshli Temurbek nafaqat shaxsiy rekordini yangiladi, balki Jahon chempionatining oltin medaliga ham ega chiqdi.
Jahon chempionati
Erkaklar o’rtasida balandlikka sakrash (T64)
Temurbek Giyazov (O’zbekiston) — 2.03
Jonatan Brum Edvards (Buyuk Britaniya) — 2.00
Pravin Kumar (Hindiston) — 2.00
Toshkent viloyati OTFIB