Yoshlar uchun yana katta imkoniyat!
Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi (https://lex.uz/pdfs/7759309) orqali subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.
Bunda 14–30 yoshdagi yigit-qizlarga ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys, xitoy tillarini o‘rganishlari uchun subsidiya ajratiladi.
1. Dasturga ko‘ra, birinchi 2 oy to‘lov o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi, keyingi 6 oy uchun to‘lovlar davomatga mutanosib ravishda quyidagi tartibda davlat tomonidan qoplab beriladi.
2. Subsidiya miqdori (oyiga maksimal) Toshkent shahrida 824 ming so‘m (BHM × 2) gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida 618 ming so‘m (BHM × 1,5) gacha, tuman va shaharlarda 412 ming so‘m (BHM × 1) gacha qoplab beriladi.
3. Asosiy shartlari: Ariza beruvchi minimal ko‘rsatkichga mos milliy, xalqaro yoki “Ibrat Farzandlari” (https://t.me/ibratfarzandlari) sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Ariza beruvchi faqat bitta til bo‘yicha subsidiya olishi mumkin.
4. Dastur doirasida har yili 20 ming nafargacha, 2025–2030-yillar davomida 100 ming nafargacha yoshga subsidiya ajratiladi.
Manba:
Vazirlar Mahkamasining 632-son Qarori
(https://lex.uz/pdfs/7759309)
Toshkent viloyati OTFIB 