Bekobod shahar politexnikumiga Xitoy Xalq Respublikasi shimoliy-sharqiy elektr energetikasi universiteti (NEEPU) vakillari – professor Li Xing Can hamda Zhang Xu janoblari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad – politexnikumning o‘quv jarayoni va moddiy-texnik bazasi bilan tanishish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
— Bekobod shahar politexnikumi xodimlarini NEEPU universitetiga stajirovkaga yuborish, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni politexnikumga jalb etish;
— Bekobod shahar politexnikumi hamda NEEPU universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash;
— Elektr energetikasi va quyosh panellari yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda ishtirokchilarga NEEPU sertifikatlarini taqdim etish.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida fikr almashdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 


