YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / 21-oktabr — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

21-oktabr — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Oʻzbek tili — millat faxri, yurt gʻururi!

Bugun, 21-oktabr — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

1989-yil 21-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinib, o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi. Ushbu qonun tilimizning huquqiy asosini belgilab, uni jamiyat hayotining barcha sohalarida qo‘llash imkonini yaratdi.

Bu tarixiy sana — butun xalqimiz uchun faxr va gʻurur timsoli, ona tilimizga bo‘lgan cheksiz ehtirom ifodasidir.

Ona tilimiz — millatimizning ruhi, yuragimiz sadosi, birligimiz va mustaqilligimiz ramzidir!