Bugun, 21-oktabr — “Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Toshkent viloyatidagi kasbiy taʼlim muassasalarida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Xususan, Oqqoʻrgʻon tumani 1-son politexnikumida ona tilimizga bagʻishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimligi mas’ullari, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘zbek tilining boy tarixi, ifoda imkoniyatlari hamda milliy qadriyat sifatidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, she’rxonlik, sahna ko‘rinishlari va tilga hurmatni targ‘ib etuvchi chiqishlar namoyish etildi.
Toshkent viloyati OTFIB 

