Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida viloyatdagi kasbiy taʼlimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari O. Sultonbekov, viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari hamda kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari ishtirok etdi.
Ma’sullar taqdimotda kasbiy ta’lim tizimidagi mavjud muammolar, dual ta’limni rivojlantirish, shuningdek korxonalar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar va bu borada kelgusida amalga oshiriladigan rejalar hamda tashabbuslar haqida axborot berdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 


