YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Zamonaviy bilim — yorqin kelajak poydevori”

“Zamonaviy bilim — yorqin kelajak poydevori”

“Zamonaviy bilim — yorqin kelajak poydevori”

Bekobod politexnikumida informatika faniga qiziquvchi talabalar o‘rtasida “Kompyuter bilimdonlari” bellashuvi tashkil etildi. Bilimlar bellashuvi KTD-101G-25 hamda KTD-101E-25 guruh oʻquvchilari orasida zamonaviy IT texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, raqamli savodxonlikni oshirish va bilimli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Bellashuv Informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchisi B.Mavlonov tashabbusi bilan tashkil etilib, unda 16 nafar bilimga chanqoq oʻquvchilar ishtirok etdi.

Ushbu bellashuvda ishtirokchilarning bilim darajasi, tezkorligi va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini namoyon etdi.

Tadbir do‘stona muhitda, sog‘lom raqobat va bilim olishga chanqoqlik ruhida o‘tdi va gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.