Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Helvetas Swiss Intercooperation”ning (Shvetsariya) Oʻzbekistondagi filiali tomonidan “Oʻzbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarini qoʻllab quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida joriy yilning 4-6-noyabr kunlari “Turizm sohasida oʻzini oʻzi baholash jarayonlarini joriy etish hamda taʼlim sifatni taʼminlash” mavzusida seminar-trening o’tkazilmoqda.
Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiya boshqarmasi bosh mutaxassisi L.Gafarova hamda Bo`stonliq turizm va madaniy meros texnikumi mas’ul xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar o’z-o’zini baholash tizimi orqali sifat madaniyatini shakllantirish bo’yicha tajribalar almashishmoqda, erishilgan natijalar muhokama qilinmoqda va kelgusidagi rivojlanish yo’nalishlari belgilab olinmoqda.
Toshkent viloyati OTFIB 



