Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshligʻi N. Kulbekova boshchiligida viloyatdagi kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirokida onlayn zoom yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ-316-sonli “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori yuzasidan belgilangan topshiriqlar bilan tanishildi hamda ushbu topshiriqlarning samarali bajarilishini taʼminlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda, shuningdek, kasbiy taʼlim tashkilotlarida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilinib, o‘quv jarayonining uzluksizligini taʼminlash hamda mavjud tizimlarning barqaror faoliyatini saqlash bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.
Toshkent viloyati OTFIB 


