YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim alyansining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim alyansining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim alyansining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim alyansining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro anjuman doirasida mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy mutaxassislar tayyorlash borasida muhim masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov, O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim alyansi kotibi Hugo Fu, shuningdek, Xitoy va O‘zbekistonning yetakchi kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Yig‘ilishda tomonlar kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro metodikalarni joriy etish, zamonaviy kasblar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi  direktori Sayimov Maxmud Tolibovich ham so‘zga chiqib, hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilishi, qo‘shma ta’lim loyihalari, ilmiy-uslubiy almashinuv va zamonaviy kasb kompetensiyalarini shakllantirish borasidagi taklif va tashabbuslarini bildirmoqda