“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kelajak merosi” xalqaro mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan mamlakatning madaniy-ma’rifiy rivojiga hissa qo‘shayotgan mahalliy va xorijiy ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi.
Mukofot 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda beriladi:
✅adabiyot;
✅madaniy meros;
✅teatr va kino;
✅musiqa va raqs;
✅tasviriy va amaliy san’at;
✅moda va dizayn;
✅ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish ishlari uchun maxsus Kengash tuziladi, uning ishchi organi — Madaniyat vazirligi hisoblanadi.
Mukofot to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi, moliyalashtirish esa 2025 yilda hukumat zaxira jamg‘armasidan, keyingi yillarda davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi mukofotning xalqaro nufuzini oshirish va chet ellik g‘oliblarning mamlakatga tashrifini tashkil etishga ko‘maklashadi.
Toshkent viloyati OTFIB 