Malaka oshirishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 50 nafar texnikum pedagogi xorijga yuboriladi
Prezidentning PQ–316-son qaroriga (https://www.lex.uz/uz/docs/-7793420) ko‘ra, texnikumlar pedagoglari malakasini oshirishning quyidagi tartibi belgilandi:
➖ umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining malakasi A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududiy pedagogik mahorat markazlarida;
➖ maxsus fan o‘qituvchilarining malakasi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida;
➖ ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasi hududiy ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hamda tegishli sohalar bo‘yicha malaka oshirish faoliyatini olib boruvchi tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Har yili malaka oshirish jarayonida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 50 nafardan ishlab chiqarish ta’limi ustasi, umumta’lim fanlari va maxsus fan o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun xorijga yuboriladi.
Toshkent viloyati OTFIB 