YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi bugungi kunda umummilliy harakatga aylangan

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi bugungi kunda umummilliy harakatga aylangan

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi bugungi kunda umummilliy harakatga aylangan.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli hashar o‘tkazildi.

 

 

 

 

 

Tadbir davomida asosiy yo‘l yoqalariga 1800 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekologik tashabbus erta tongdan xodimlarning faolligi va uyushqoqligi bilan boshlandi. Hashar jarayonida nafaqat yangi daraxtlar ekildi, balki mavjud yashil hududlar chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirildi.

Shuningdek, ilgari ekilgan daraxtlarga parvarish ishlari ham olib borildi.