Toshkent viloyatidagi texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF–190-sonli “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ–316-sonli “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori mazmun-mohiyatini pedagogik jamoalarga yetkazish maqsadida seminarlar tashkil etilmoqda.
Shu jumladan, Ohangaron tuman 2-son texnikumida ham mazkur hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini keng yoritish maqsadida seminar o‘tkazildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 
