YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Texnikumlarda ishlayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun subsidiya dasturi e’lon qilindi

Texnikumlarda ishlayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun subsidiya dasturi e’lon qilindi

 

Texnikumlarda ishlayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun subsidiya dasturi e’lon qilindi

Migratsiya agentligi tomonidan texnikumlarda ingliz, nemis, koreys yoki yapon tilidan dars berayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish dasturi e’lon qilindi.

Dastur doirasida o‘quvchilari xalqaro B1 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat olgan ustozlarga 50 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilangan. Eng faol 50 nafar o‘qituvchi mukofot egasiga aylanadi.

Ishtirok etish uchun my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/1194) portali orqali 2025-yil 25-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tish, o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni kiritish va ularning xalqaro sertifikatlarini yuklash kerak.

Bu imkoniyat faqat texnikumlarda faoliyat olib borayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

Ariza bu havola (https://my.gov.uz/uz/service/1194) orqali joʻnatiladi.