Joriy yilning 14-noyabr kuni Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida “INFOLIB O‘zbekiston–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida jurnalist, yozuvchi va tarjimon Otabek Yo‘ldoshev tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Qoramag‘iz qiz” hamda “Shamol esar, qalbim tebranar” nomli Koreya hikoyalari to‘plamlarining taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirni politexnikum rahbari M.Rustamov ochib, ishtirokchilarga samimiy tilaklar bildirdi. Dastur davomida mazkur kitoblarning mazmun-mohiyati, ularda o‘rin olgan hikoyalar va ularning g‘oyaviy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobxon yoshlar bilan qiziqarli savol-javoblar va muzokaralar tashkil etilib, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi yanada mustahkamlandi.
Tadbir yakunida tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan politexnikumga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Toshkent viloyati OTFIB 

