Chirchiq shahar politexnikumida yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va bayrog‘imizga mehr tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Chirchiq harbiy prokurori o‘rinbosari, adliya kapitani Shoakbarov Shoilxom Umid o‘g‘li ishtirok etib, davlat ramzlarining ahamiyati, ularning huquqiy maqomi va yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirish borasida mazmunli ma’ruza bilan chiqdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar bayroq tarixiga oid faktlar, ramzlarimizning ma’naviy-ruhiy ahamiyati, yoshlarning fuqarolik mas’uliyati haqida tushunchalar oldilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va mas’uliyat hissini yanada mustahkamlaydi.
Toshkent viloyati OTFIB 

