YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Hayot davomida ta’lim olish»

«Hayot davomida ta’lim olish»

Olmaliq shahar politexnikumi Ishlab chiqarish ta’lim ustalari ishtirokida 14-noyabr kuni o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Ushbu seminar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi 106-son farmoni asosida ilgari surilayotgan «Hayot davomida ta’lim olish» tamoyiliga muvofiq «Qayta tayyorlash va malaka oshirish» mavzusi yuzasidan tashkillashtirildi.

Seminar davomida Olmaliq shahar politexnikumi oquv ishlari boyicha direktorning orinbosari  M.Tursunqulova hamda uslubchi A.Tolipovlar so’zga chiqib «Professional taʼlim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom» bilan ishlab chiqarish ta’lim ustalarini yaqindan tanishtirdilar.

O’quv seminari yakunida Ishlab chiqarish ta’lim ustalari nizom yuzasidan o’zaro fikr almashishdi va yangiliklar bilan o’rtoqlashdilar.