YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / CHIRCHIQ SHAHAR POLITEXNIKUMIDA AMALIY KO‘NIKMALAR KUNI!

CHIRCHIQ SHAHAR POLITEXNIKUMIDA AMALIY KO‘NIKMALAR KUNI!

CHIRCHIQ SHAHAR POLITEXNIKUMIDA AMALIY KO‘NIKMALAR KUNI!

2025-yil 15-noyabr kuni Chirchiq shahar politexnikumida “Tikuvchilik” dual ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 10-24 guruhi o‘quvchilari uchun “Ayollar yengil koftasini tikish texnologiyasi” mavzusida master-klass tashkil etildi. Jarayonni maxsus fan o‘qituvchisi Djurayeva Saodat Saitburxanovna olib bordi.

Tadbirni politexnikum direktori, direktor o‘rinbosari, bo‘lim boshlig’i, o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda ota-onalar jarayonni bevosita kuzatdilar.

Master-klass davomida:

Tashrif buyurgan o‘qituvchilar va onalardan individual o‘lchamlar olindi;

O‘quvchilar tomonidan real buyurtma asosida vadalaska koftalar tikib berildi;

Tayyor buyum uchun kalkulyatsiya tuzilib, material sarfi, vaqt me’yori va tannarx hisoblab berildi;

O‘quvchilar bir kunda nechta mahsulot tayyorlay olishi va bundan qancha daromad topishi mumkinligi amaliy misollar bilan ko‘rsatib berildi.

Dual ta’limning kuchi — ishlab chiqarishga tayyor mutaxassis tayyorlash!