YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Balli qizlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi

“Balli qizlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida direktor M.Rustamov boshchiligida, YIBDO‘ A.Abduvaliyev, Yoshlar yetakchisi S.Zokirova hamda xotin-qizlar faoli X.Mo‘minova tashabbuslari bilan o‘quvchi qizlar o‘rtasida milliy qadriyatlar va odob-axloqni targ‘ib etishga qaratilgan “Balli qizlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga RMMM tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi M.Tojiboyeva, tuman “Ma’rifat” targ‘ibotchilar guruhi a’zolari S.Beknazarova va J.Turg‘unboyeva taklif etilib, ular hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etdilar.

Bayramona ruhda o‘tgan mazkur tanlovda qizlar o‘zlarining turli yo‘nalishlardagi mahoratlarini namoyish etdilar. Jumladan, ishtirokchilar tomonidan turli xil salatlar tayyorlash, qo‘li shirin pazzandalar bellashuvi hamda stol bezatish odobi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi. Qizlar milliy an’analarga mos ravishda dasturxon tuzish, taomlarni did bilan joylashtirish va mehmon kutish madaniyatini o‘ziga xos chiroy bilan ko‘rsatib berishdi. Shuningdek, qiziqarli ijodiy shartlar, o‘yin-kulgular va savol-javoblar tadbirga yanada fayz qo‘shdi.

Tadbir yakunida o‘zinig faol ishtiroki, iqtidor va mahorati bilan ajralib turgan qizlar g‘olib deb topilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu tanlov qizlarning pazandalik, estetik did, milliy odob-axloq va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.