YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

«Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Yuqori Chirchiq tumanidagi Millatlar do‘stligi saroyida kasbiy ta’lim taskilotlari o‘quvchilari o‘rtasida «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?»  tanlovining Toshkent viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ekologik savodxonlikni oshirish va yoshlarning atrof-muhit muhofazasiga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan mazkur tanlov qizg‘in bahs-munozaralar asosida o‘tdi. Ishtirokchilar ekologiya va qonunchilik bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bellashuv natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin – Yuqori Chirchiq politexnikumi jamoasi

2-o‘rin – Bekobod shahar politexnikumi jamoasi

3-o‘rin – Olmaliq shahar politexnikumi jamoasi egalladilar.

Tanlov g‘oliblari Toshkent viloyati sharafini himoya qilish uchun Nukus shahrida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida ishtirok etadilar.