YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Yashil makon» loyihasi Qibray tuman politexnikumida davom etmoqda

«Yashil makon» loyihasi Qibray tuman politexnikumida davom etmoqda

2025-yil 22-fevral kuni  Qibray tuman politexnikumida shanbalik e’lon qilindi va “Yashil makon” loyihasi doirasida  obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Qibray tuman politexnikumida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

— o‘quv binolari, binoga kirish yo‘laklari, ustaxonalar, o‘quv xonalar, sport zal, kutubxona, ichki va tashqi xojatxonalarida tozalash ishlari olib borildi;

— ta’lim muassasasi hududiga shanbalik jarayonida 65 dona mevali daraxt va 120 dona atir gul ko’chatlari, jami 185 tup ko’chatlar ekildi;

— ta’lim muassasasi hududidagi jami 2,68 ga maydonda obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berildi, qishdan qolgan 3 tonna hazon(barglar, shox-shabba)lar chiqarib tashlandi;

— hududdagi 230 metr lotok(beton ariqlar) tozalandi.

Tadbirda Toshkent viloyati Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi L.A.Gafarova faol ishtirok etdilar.