“Dolzarb 90 kun” doirasida Yangiyo‘l tumani 3-son kasb-hunar texnikumida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbiri o‘tkazildi.
Unda nuroniylar, o‘quvchilar va faol yoshlar ishtirok etdi. Kitobxonlik dasturi doirasida avlodlar o‘rtasida samimiy muloqot, hayotiy tajriba almashinuvi, yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish, kitob o‘qishning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqidagi suhbatlar tashkil etildi.
Toshkent viloyati OTFIB 

