Namangan viloyatida 5-iyul kuni “Texnikumlarda xorijiy va mahalliy ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash va “Karera markazlari”ni tashkil etish” bo‘yicha Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarma rahbarlari hamda kasbiy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova va kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari ham ishtirok etdilar.
Seminar doirasida ishtirokchilar Namangan viloyatidagi kasbiy taʼlim muassasalari va mahalliy korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu seminar yoshlarga munosib ish o‘rinlari yaratish va ularni kasbga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent viloyati OTFIB 


