Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani 2-son politexnikumida bitiruvchilar uchun unutilmas kun bo‘ldi — ularga diplomlar tantanali tarzda topshirildi.
Ushbu marosimda 168 nafar bitiruvchi rasmiy diplomni qo‘lga kiritib, o‘z hayotlarida yangi sahifani ochdi. Bu sana ularning yodida quvonch, faxr va ilhom bilan muhrlanib qoladi.
Tadbirda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova ishtirok etib, bitiruvchilarga tabrik so‘zlarini yo‘lladi va diplomlarni shaxsan topshirdi. Shuningdek, yoshlarga tanlagan yo‘nalishlarida muvaffaqiyatlar va yorqin kelajak tiladi.
Marosimga ota-onalar, ustozlar hamda mehmonlar tashrif buyurib, bitiruvchilarning hayajonli onlariga guvoh bo‘lishdi. Ularga samimiy tilaklar va ezgu niyatlar bildirildi.
Bitiruvchilar uchun bu kun – ta’lim bosqichining yakuni, ammo katta hayot sari boshlanadigan yangi yo‘lning boshlanishidir. Ular endilikda yurt ravnaqi uchun xizmat qilishga tayyor!
Toshkent viloyati OTFIB 




