O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2025-yil 18-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi «O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ (https://my.uzbmb.uz/allow/transfer-study-answer) bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
Toshkent viloyati OTFIB 