10-noyabr kuni Yangiyo‘l Agrotexnologiyalar texnikumida Toshkentdagi Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyorlari ishtirokida “Afyun balosi” nomli sahna asari namoyish etildi.
Spektakl giyohvandlikning inson hayoti va jamiyat uchun qanday halokatli oqibatlarga olib kelishini chuqur ifodalab berdi. Tomosha davomida o‘quvchilar sahnadagi dramatik lahzalar, hayotiy voqealar va ma’noli dialoglar orqali ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni teran his etdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 
