Домой / Без рубрики / Angrenda dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Angrenda dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan «Angren EIZ» direksiyasida viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova, direksiya rahbari G‘.Eshmirzayev, shahar hokimi oʻrinbosarlari S.Anarboyev, J.Zayniddinov hamda Angren shahridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida dual ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida dual ta’lim tizimining afzalliklari, o‘quvchilarni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish va amaliyotga yo‘naltirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.