YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Barkamol avlod” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

“Barkamol avlod” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

“Barkamol avlod” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Yuqorichirchiq tumanida Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod” sport musobaqasi qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sport orqali do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.

Bellashuvlar sportning turli yo‘nalishlarida — badminton, dzyudo, shuningdek 100, 1500 va 3000 metr masofalarga yugurish bo‘yicha tashkil etilgan.

Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Musobaqa yakunida gʻoliblar sport boshqarmasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.