Bekobod shahar politexnikumida yoshlar o‘rtasida, hamjihatlik va tabiatni asrash tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Do‘stlik gulxani hech qachon so‘nmasin” nomli tadbir o‘tkazildi.
Tadbir boshida ishtirokchilar gulxan atrofida to‘planishdi. O‘quvchilar “Zakovat” o‘yini, “Arqon tortish” musobaqasi va turli sport o‘yinlarida qatnashishdi. Shuningdek, ular qo‘shiqlar aytishdi va birgalikda quvnoq vaqt o‘tkazishdi. Gulxan atrofidagi iliq muhit barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Toshkent viloyati OTFIB 


