Prezident qarori (328-son, 03.11.2025 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61 son qarorga (https://lex.uz/ru/docs/7386917) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qarorga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish belgilandi.
Bunda imtiyozli kredit tadbirkorlarga har bir mlrd so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 1 nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi.
✅ Kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladi.
⏭️ Tadbirkor uning imtiyozli kredit olishiga sabab bo‘lgan bitiruvchi o‘rtasida 2 yil davomida mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan sanadan tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi.
Biroq, bundan ushbu xodim o‘rniga 1 oy muddatda boshqa bitiruvchi ishga qabul qilingan hollar mustasno.
☑️ Shuningdek, bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi.
Tanlov g‘oliblariga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish majburiyati bilan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.
Toshkent viloyati OTFIB 