Bo`stonliq tuman 2-son politexnikumida kasbiy ta`lim tashkilotlarining uslubchi va bo`lim boshliqlari uchun an`anaviy Avgust kengashining 5-chi sho`ba yig`ilishi o`tkazildi
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur`atlarda jadal rivojlanishda mamlakat iqtisodiyotining o`sish tezligi kuzatilmoqda. Inson potensialini shaklantirish mamlakatning jahon arenasidagi raqobatbardoshlik darajasini va uning innovatsion taraqqiyoti hamda kelajagini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri ekanini yana bir bor isbotlanmoqda.
Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2024 yil 18 avgustdagi 63-son buyruqlarining ijrosini ta`minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar, 2025-2026-o‘quv yiliga kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagoglarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish, o‘quv-metodik ta’minotini kuchaytirish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida 2025-yil 23-avgust kuni Bo`stonliq tuman 2-son politexnikumida kasbiy ta`lim tashkilotlarining uslubchi va bo`lim boshliqlari uchun an`anaviy Avgust kengashining 5-chi sho`ba yig`ilishi o`tkazildi.
Avgust kengashining 5-chi sho`ba yig`ilishini Bo`stonliq tuman 2-son politexnikumi direktori S.Dexkonov ochib berdi.
Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi L.Gafarova ishtiroq etib kasbiy ta`lim tashkilotlarining uslubchi va bo`lim boshliqlarini yangi 2025-2026 o`quv yilida turgan vazifalari va asosiy bajaraladigan ishlar bilan tanishtirdi.
Bo`stonliq tuman 2-son politexnikumi O`IBDO` Sh. Miraxmedova uslubiy va o`quv-metodik ishlarni tashkil etishga oid bo`lgan normative-huquqiy hujjatlarni taqdimotini o`tkazdi.
Tadbirda xorijiy ta`lim metodlari “Rus tili” fani o`qituvchisi Zulxumor Narmetova tomonidan namoyish etildi.
Avgust kengashlarining asosiy maqsadi — yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, o‘tgan o‘quv yili tahlili – muvaffaqiyatlar va muammolarni aniqlash, tanqidiy tahlil qilish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish va ularga metodik tavsiyalar berish, tajriba almashish, yangi o‘quv reja, dastur va metodik materiallar bilan tanishtirish, ta’lim bo‘yicha yangiliklarni hisobga olgan holda o‘qituvchilar va rahbar kadrlar oldida turgan dolzarb vazifalarni belgilab olishdan iborat.
Avgust kengashlarining vazifasi: kasbiy ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yili boshlanishidan avval Avgust kengashi sho‘ba va yalpi yig‘ilishlari orqali kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbar-pedagog xodimlarining mas’uliyati, tashabbuskorligi va kasbiy mahoratlarini yanada oshirish hamda yangi o‘quv yilida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishdan iborat.
Avgust kengashining 5-chi sho`ba yig`ilishi juda mazmunli va kutarinki ro`hida o`tdi.
Toshkent viloyati OTFIB 




