YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumi foydalanishga topshirildi

Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumi foydalanishga topshirildi

Bugun «Kichiksoy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumi to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ko‘rinishda foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Respublika ishchi guruhi a’zolari, Bo‘stonliq tumani hokimi J.Axmedov, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi J.Axmedov so‘zga chiqib, texnikumning qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma asosida foydalanishga topshirilishi tumandagi ta’lim tizimi, ayniqsa, turizm va madaniy meros yo‘nalishidagi mutaxassislar tayyorlashda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlarda turizm salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan e’tibor haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ushbu texnikum o‘quvchilari kelajakda nafaqat Bo‘stonliq tumani, balki butun mamlakatimiz turizm sohasiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.