Домой / BOSHQARMA RAHBARIYATI

BOSHQARMA RAHBARIYATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarma boshligi

 


Kulbekova Nasiba Zakirovna

Qabul kuni: chorshanba

soat 14:00 — 17:00 gacha 
Telefoni: (+99870) 700-75-54

 

 

 

 

Mehnat faoliyati va tarjimai xol

2024 й. – h.v. —

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligi

LAVOZIM VAZIFALARI:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  Toshkent viloyati hududiy  boshqarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi, iqtisodiyotning real tarmoqlarida o’rta bo’g’in kadrlariga bo’lgan ehtiyojni o’rganadi, takliflar tayyorlaydi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari va kasblarni unifikasiyalash va birxillashtirish yuzasidan takliflar beradi. Ta’lim muassasalarida davlat ta’lim va tarmoq standartlarini tadbiq etilishini nazorat qiladi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar kiritadi, boshqarmaning ish faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi, ta’lim muassasalrining istiqbol yo’nalishlarini belgilash bo’yicha qarorlar qabul qiladi, hududiy boshqarmaning yillik ish rejasini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtiradi, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi, kasb-hunar maktablari. kollejlari. texnikumlar direktorlarini tanlash va tayinlash bo’yicha takliflar kiritadi. Ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini joriy attestasiyadan o’tkazish jarayonini to’liq muvofiqlashtiradi, direktor o’rinboasarlarini tanlash va tayinlashni amalga oshiradi, ta’lim muassasalariga o’qituvchilarni tanlov asosida tanlab olishni nazorat qiladi, attestasiyadan o’tkazishni tashkil etadi. Ta’lim muassasalariga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini attestasiya va akreditasiyadan o’tkazish jarayonini tashkil qiladi. O’quvchilarni milliy istiqlol g’oyalari, boy intellektual meros hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida, milliy istiqlol ruhida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilaydi, diniy ekstremizm va terorizmga qarshi kurashga qaratilgan chora tadbirlarni bajarilishini ta’minlaydi.[/su_spoiler]

Mehnat bozorini taxlili va ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish 

shoʻba mudiri 

Tuxtayev Ulug’bek Kidiraliyevich
Qabul kuni: chorshanba soat 10:00 dan 12:00 ga qadar
Telefoni: (+99870) 700-75-75

Mehnat faoliyati va tarjimai xol

Tuxtaev Ulug’bek Kidiraliyevich 1974 yil 4 martda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tug’ilgan. Millati –o’zbek.
Ma’lumoti – oliy. 1996 yil Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti (kunduzgi), 2005 yil Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti (sirtqi), 2011 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
2019 yil 20 iyundan Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari lavozimiga tayinlangan.

1996-1999 yy. — Toshkent viloyati Angren pedagogika bilim yurti o’qituvchisi
1999-2009 yy. — Toshkent viloyati Angren politexnika kasb-hunar kolleji bo’lim boshlig’i
2009-2010 yy. — Toshkent viloyati Ohangaron tumani Nurobod qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji direktori vazifasini bajaruvchi
2010-2011 yy. — Toshkent viloyati Ohangaron tumani Nurobod qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji direktori
2011-2012 yy. — Toshkent viloyati Ohangaron tumani Nurobod energetika va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktori
2012-2014 yy. — Toshkent viloyati Ohangaron tumani maishiy xizmat kasb-hunar kolleji direktori
2014-2015 yy. — Toshkent viloyati Ohangaron tumani politexnika kasb-hunar kolleji direktori
2015-2019 yy. — Toshkent viloyati Angren politexnika kasb-hunar kolleji direktori
2019 y. — h.v. — Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari

2020-2022 yy. – Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy  boshqarma boshlig’i vaqtincha vazifa bajaruvchisi

2022-2023 yy. – Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy  boshqarma  boshlig’i

LAVOZIM VAZIFALARI:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatiga mehnat bozorini taxlili va ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish shoʻbasini boshqaradi, belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi, iqtisodiyotning real tarmoqlarida o’rta bo’g’in kadrlariga bo’lgan ehtiyojni o’rganadi, takliflar tayyorlaydi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari va kasblarni unifikasiyalash va birxillashtirish yuzasidan takliflar beradi. Ta’lim muassasalarida davlat ta’lim va tarmoq standartlarini tadbiq etilishini nazorat qiladi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar kiritadi, shoʻbaning ish faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi, ta’lim muassasalrining istiqbol yo’nalishlarini belgilash bo’yicha qarorlar qabul qiladi. [/su_spoiler]