YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Agro Eko Klub”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Agro Eko Klub”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Agro Eko Klub”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Senator G. Marufova, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Z. Mirgaziyeva, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi raisi A. Axmedjanova, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi a’zosi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha dastur menejeri Roberto Aparisio, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari N. Normirzayeva, Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova, TDAU rektori N. Oblomurodov, shuningdek Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Klubning ochilishi yoshlarni ekologiya, qishloq xo‘jaligi va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Klubning faoliyati Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMTTD va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “EU–AGRIN” loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yildi. Tashabbus konsepsiyasini ishlab chiqishda esa “Agrar soha ayollari” uyushmasi muhim o‘rin tutdi.

“Agro Eco klub” yoshlarni ekologik mas’uliyatli qarorlar qabul qilishga, amaliy loyihalar orqali “yashil” qishloq xo‘jaligi rivojiga hissa qo‘shishga chorlaydi.