YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bugun viloyatdagi barcha kasbiy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i jarangladi

Bugun viloyatdagi barcha kasbiy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i jarangladi


Bugun viloyatdagi barcha kasbiy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i jarangladi.

Ustoz va o‘quvchilar bayramona ruhda yangi bilimlar, yangi marralar sari ilk qadamni tashladilar.

Viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova Olmaliq kon-metallurgiya texnikumida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda ishtirok etib, o‘quvchi va ustozlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi hamda barcha o‘quvchilarga yuksak natijalar, ustozlarga esa kuch-g‘ayrat va omad tiladi.

Joriy yilda kasbiy ta’lim muassasalariga 9-sinf bitiruvchilaridan 11 974 nafari kunduzgi, 1 743 nafari esa dual ta’lim shakliga qabul qilindi. 11-sinf bitiruvchilari uchun esa qabul jarayoni 10-sentabrgacha davom etadi.