YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Chegarasiz gʼoyalar” shiori ostida o‘tkazilgan “InnoWeek-2025” innovatsion haftaligi o‘z yakuniga yetdi

“Chegarasiz gʼoyalar” shiori ostida o‘tkazilgan “InnoWeek-2025” innovatsion haftaligi o‘z yakuniga yetdi


 “Chegarasiz gʼoyalar” shiori ostida o‘tkazilgan “InnoWeek-2025” innovatsion haftaligi o‘z yakuniga yetdi.

Tadbir doirasida Ohangaron Yoshlar Texnoparki tomonidan tashkil etilgan InnoX biznes inkubator dasturining 1-mavsum g‘olibi Parmonov Sarvar o‘zining ilg‘or va istiqbolli ishlanmalari bilan ajralib turdi.

U “Innovatsion loyihalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bu e’tirof yoshlarning innovatsion fikrlashi, ijodkorligi va zamonaviy texnologiyalar asosida yangi yechimlar yaratish borasidagi yuksak salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

“InnoWeek-2025” doirasidagi bunday yutuqlar O‘zbekiston yoshlarining xalqaro miqyosda raqobatbardosh startaplar yaratish yo‘lida dadil qadam tashlayotganini ko‘rsatmoqda.