Домой / Без рубрики / Chirchiq davlat pedagogika universitetida Giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha o’quv seminari o’tkazildi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida Giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha o’quv seminari o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo’yicha 2024-2025-yillarga mo’ljallangan dastur ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning talabalar shaharchasida o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Seminarga Prezident administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazni mas’ul xodimi Ro’zimurodov Bekzod Gulmuratovich, Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi etakchi  mutaxassisi S.Turayev va Toshkent viloyati narkolog vrachi ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashishda profilaktik va targ’ibot ishlarini kuchaytirish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda o’qituvchilar va ota-onalarning faol ishtiroki muhim ekanligini ta’kidladilar.