Chirchiq shahar politexnikumida “Bag‘rikenglik” mavzusida “Kelajak soati” tashkil etildi
Yoshlar ongida o‘zaro hurmat, sabr, toqat va turli qarashlarni qabul qilish madaniyatini shakllantirish maqsadida Chirchiq shahar politexnikumida “Bag‘rikenglik” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.
Dars davomida o‘quvchilarga bag‘rikenglikning jamiyatdagi o‘rni, millatlararo totuvlik va ahillikni ta’minlashdagi ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
O‘quvchilar fikr almashib, bir-birini tinglash, fikr farqlarini hurmat qilish, bahs-munozaralarda madaniyatli yondashish bo‘yicha amaliy misollar bilan tanishdilar.
Darsning asosiy maqsadi — yoshlar orasida totuvlik, hurmat, insonparvarlik va bag‘rikenglik qadriyatlarini mustahkamlashdir.
Bag‘rikeng jamiyat — barqaror kelajakning mustahkam poydevori.
Домой / Без рубрики / Chirchiq shahar politexnikumida “Bag‘rikenglik” mavzusida “Kelajak soati” tashkil etildi
Toshkent viloyati OTFIB 
