Домой / Без рубрики / Chirchiq shahar politexnikumida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Chirchiq shahar politexnikumida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

          Chirchiq shahar politexnikumida “Hokim va yoshlar”   

uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Tadbirda Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlarning rahbarlari, Chirchiq shahar politexnikum direktori, pedagog  xodimlari va 2-kurs o‘quvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi, undan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonining mazmun-mohiyati, dual ta’lim tizimi, xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadigan kasblar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirda bitiruvchi kurs o‘quvchilarining diplomoldi amaliyotlarini tashkil etish, bitiruvchilarni kelajakda ish bilan ta’minlash, ularga berilayotgan imtiyozli kreditlar, OTMlarga kirishdagi imtiyozlari haqida tegishli rahbarlar tomonidan to‘liq tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv so‘ngida birituvchilarning qiziqtirgan savollariga mutasaddi rahbarlar atroflicha javob berdilar.