Chirchiq shahridagi yirik ishlab chiqarish korxonasi «AGROTECH KLASTER» MCHJ bilan o‘quv-ilmiy-amaliy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Joriy yilning 18-sentabr kuni Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori Azizbek Baxodirov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan «AGROTECH KLASTER» MCHJda bo‘ldi.
Tashrif davomida ishchi guruh korxona faoliyati bilan tanishib, rahbar Baxodir Boymoqov hamrohligida yangi tashkil etilgan traktor ehtiyot qismlari ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonlari hamda “O‘quv markazi”ni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, Prezident topshiriqlari ijrosi doirasida dual va masofaviy ta’limni rivojlantirish, muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash, talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etish kabi masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun: “Toshkent Traktor Zavodi” MCHJ 2021-yildan “AgroTech Klaster” brendi ostida faoliyat yuritib kelmoqda.
Toshkent viloyati OTFIB 
