Домой / Diplom dublikatini olish haqida malumot.

Diplom dublikatini olish haqida malumot.

Endilikda davlat xizmatlari markazlari orqali yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan diplomning dublikatini olish mumkin bo‘ladi. Bu bo‘yicha hukumatning 395-sonli qarori bilan hujjatlarning dublikatini berishga oid reglament tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, fuqarolarning ma’lumotini tasdiqlovchi hujjati yo‘qolsa yoki yaroqsiz holga kelib qolsa hujjat dublikatini olish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXPga (my.gov.uz) murojaat qilinadi.
Fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda ham murojaat yuborish mumkin.

Murojaat yo‘llash va dublikatni olish tartibi:

    Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani elektron to‘ldiradi.
    Ariza beruvchi so‘rovnomani YaIDXP orqali to‘ldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
    Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
    Yig‘imni to‘lamaslik xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
    So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.
    So‘rovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.
    Ariza beruvchi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.