YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida oʻquvchilar oʻrtasida «Zakovat» intelektual oʻyini boʻlib oʻtdi

«Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida oʻquvchilar oʻrtasida «Zakovat» intelektual oʻyini boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 23-iyun kuni Yangiyoʻl tuman 1-son politexnikumi kutubxonachisi Raximboyeva Nazokat tashkilotchiligida «Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida 1-2 kurs oʻquvchilari oʻrtasida «Zakovat» intelektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Tadbir oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtishi, ularni yod gʻoyalar va bekorchilikdan holi boʻlishlariga yordam berish maqsadida o`tkazildi.

Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, bellashuvlar oʻquvchilarni bilim salohiyati va dunyo qarashlarini oʻsishiga turtki boʻladi.

Zakovat intellektual oʻyinida 2 kurs oʻquvchilari gʻolib boʻlib, maʼmuriyat tomonidan sovgʻa sifatida turli hil kitoblar bilan taqdirlandilar.

Bellashuv juda qiziq va maroqli yakunlandi.